Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATO va Rossiya parallel ravishda yadroviy mashqlar o‘tkazadi

NATO va Rossiya parallel ravishda yadroviy mashqlar o‘tkazadi

Ukrainadagi urush fonida NATO va Rossiya bir vaqtning o‘zida yadro qurolini sinab ko‘rish bo‘yicha rejalashtirilgan harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. Bu haqda euronews nashri yozmoqda.

Shimoliy Atlantika alyansi Steadfast Noon missiyasi doirasida 14 ittifoqchi davlatning 60 ta samolyotidan, jumladan, atom bombasini olib yurishga qodir bombardimonchi samolyotlaridan foydalanadi.

Mashqlar Belgiya, Buyuk Britaniya va Shimoliy dengiz hududlarida o‘tkaziladi va 30-oktyabrgacha davom etadi.

O‘z navbatida, Rossiya har yili o‘tkaziladigan «Grom» yadroviy kuchlari mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Unda Moskva o‘zining yadroviy bombardimonchi va suv osti kemalarini sinovdan o‘tkazishi kutilmoqda.

Rossiya harbiylari parvozlar va kemalar harakati uchun Barens dengizining kamida yetti hududni yopgan. Mazkur hudud manevrlar zonasiga aylanishi mumkin.

Rossiya Mudofaa vazirligining avvalgi «Grom» mashg‘ulotlari 17-fevral kuni – Ukrainaga bostirib kirishidan bir hafta oldin o‘tkazilgan edi.

Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning hozirgi vaziyatda yadro qurolidan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkazishini qoralab, bunday qarorni «mas’uliyatsizlik» deb atadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring