Eronda 50 darajali jazirama va qurg‘oqchilik — aholidan suvni tejash so‘ralmoqda

Eronliklar kuchli jazirama va suv inqirozidan aziyat chekmoqda, shunga qaramasdan, hukumat aholini suvni kamroq iste’mol qilishga chaqirdi.
Mamlakat milliy meteorologiya xizmati xabar berishicha, Eronga yilning eng issiq haftasi kirib keldi: ayrim hududlarda havo harorati 50 darajadan oshgan.
Jazirama jiddiy suv inqirozi bilan yonma-yon kechmoqda. Besh yildirki, Eronda — qurg‘oqchilik, bu yil yog‘in har qachongidan kam bo‘ldi.
Eron energetika vaziri Abbos Aliobodiy o‘tgan hafta bayonot berishicha, mamlakat suv importi masalasida Turkmaniston, Afg‘oniston, Tojikiston va O‘zbekiston bilan muzokaralar olib boryapti.
Mamlakatdagi ko‘plab to‘g‘onlar 1950-yillarda qurilgan, biroq qurg‘oqchilik ularning samaradorligini pasaytirib yubordi. Shu sababli va infratuzilmadagi boshqa muammolar tufayli mamlakatda elektrda uzilishlar boshlandi.
20-iyul kuni Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida prezident Mas’ud Pezeshkiyon suv masalasida qattiq gapirdi va aholini suvni tejashga chaqirdi.
«Suv inqirozi hozir muhokama qilinayotganidan ham jiddiy aslida, agar hozir shoshilinch chora ko‘rmasak, kelgusida umuman yechib bo‘lmaydigan holatga tushamiz», — dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter