Eronda Isroil hujumlarining qurbonlari soni e’lon qilindi

Eronda Isroil hujumlari boshlanganidan buyon 500 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi davlat telekanali.
Eron davlat televideniyesi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga asoslanib xabar bergan. Aytilishicha, Isroil hujum boshlagan 13-iyun kunidan beri taxminan 500 kishi halok bo‘lgan.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, 3000 dan ortiq odam jarohat olgan.
"Eron inson huquqlari himoyachilari" tashkiloti qurbonlar soni bundan deyarli ikki baravar ko‘pligini taxmin qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 22-iyun kuni AQSh Isroil hujumlariga qo‘shildi. Natijada vaziyat yanada keskinlashdi. AQSh tomoni Eronning uch yadroviy ob’yektiga zarba berganini ma’lum qildi.
Avvalroq Pentagon rahbari Pit Xegset Eron yadroviy inshootlariga zarba berish tafsilotlarini oshkor qilgani va o‘tkazilgan harbiy amaliyotning diagrammasini ko‘rsatgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter