Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda Isroilning «bosh josusi» qatl etildi

Eronda Isroilning «bosh josusi» qatl etildi

Foto: News Central TV

Eronda Isroilning «bosh josusi» qatl etildi, deb xabar berdi Mizan agentligi.

Isroil foydasiga josuslik qilgani hamda Islom inqilobi soqchilari korpusi polkovnigi Hasan Sayyod Hodaiyni o‘ldirishga aloqadorligi uchun sudlangan Muhsin Langarnishin 30-aprel tongida osib o‘ldirildi, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, u 2020-yil oktyabridan buyon Mossad (Isroil razvedkasi)ga ishlab kelgan.

Mizan sud qachon o‘tganini ochiqlamadi, faqat hukm «to‘liq sud jarayoni» hamda «Oliy sudning yakuniy tasdig‘i»dan so‘ng ijro etilgani aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring