Estoniya bosh vaziri va hukumati iste’foga chiqdi
Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas va mamlakat hukumati iste’foga chiqdi — ular yangi hukumat shakllangunga qadar ishlab turadi. Bu haqda ERR portali xabar berdi.
Bugun ertalab mamlakat hukumati navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazib, ushbu qaror e’lon qilindi.
Kaya Kallasning iste’fosiga sabab — Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbarligiga Jozep Borrel o‘rniga uning nomzodi qo‘yilganidir. Estoniya hukumatini iqlim masalalari vaziri Kristen Mixal boshqarishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter