Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa kengashi Belarus bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Yevropa kengashi Belarus bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Foto: «Shutterstock»

Yevropa kengashining vazirlar qo‘mitasi (KMCE) RF qurolli kuchlarining Ukrainadagi harakatlaridagi roli uchun Belarus hukumati bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

Belarus tashkilotning barcha uchrashuvlari va tadbirlarida qatnashish huquqidan mahrum qilindi. Qo‘mita Belarus bilan barcha texnik hamkorliklarni to‘xtatdi.

Shuning barobarida, qo‘mita Belarus fuqarolik jamiyati va quvg‘indagi muxolifatni qo‘llab-quvvatlashini va munosabatlarni mustahkamlashini ma’lum qildi.

Kecha, 16-mart kuni Rossiya Yevropa kengashiga a’zolikdan rasman chiqarilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring