Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa tarixidagi eng katta kokain partiyasi fosh etildi

Yevropa tarixidagi eng katta kokain partiyasi fosh etildi

Foto: «N-TV»

Germaniya bojxonasi Gamburg portida Yevropa tarixidagi eng katta kokain partiyasini to‘xtatib qolishdi. Paragvaydan olib kelingan beshta konteynerda taqiqlangan 16 tonna psixoaktiv moddalar topilgan, deya xabar berdi N-TV.

Germaniya hukumati 12-fevral kuni kokain partiyasini topib, ma’lumotlarni xorijlik hamkasblariga yetkazdi. Shuning sharofati bilan 21-fevral kuni Belgiyaning Antverpen shahrida 7 tonnadan ortiq yana bir ulkan partiya aniqlanib, musodara qilindi. Xabarlarga ko‘ra, giyohvand moddalar konserva idishlariga yashirib qo‘yilgan.

Ushbu 23 tonna kokain bilan bog‘liq vaziyatda bir kishi — 28 yoshli Gollandiya fuqarosi hibsga olindi. Bojxona xodimlarining ma’lum qilishlaricha, ushbu moddalar ko‘chada sotilganda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi kimsalarga milliardlab yevro daromad keltirgan bo‘lardi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring