Bir soat orqaga: Yevropada bugundan qishki vaqtga o‘tildi
«RIA Novosti» xabar berishicha, Yevropaning barcha mamlakatlarida, Rossiya va Belarus istisno qilinganda, yakshanbadan soat millari bir soat orqaga surilib, qishki vaqtga o‘tildi.
Yevropaning barcha mamlakatlarida, ayniqsa, xalqaro temiryo‘l va havo transporti tashuvlaridagi uyg‘unlikni saqlash uchun, bir paytda — tonggi soat 4:00 da o‘zgartirildi.
Soat millarini o‘zgartirish doim bir yo‘sinda — mart va oktyabrning so‘nggi yakshanbasida amalga oshiriladi. Bu qoida Yevropa ittifoqining barcha mamlakatlari uchun amal qiladi.
Soat millarini qishki vaqtga to‘g‘rilash g‘oyasi Germaniyadan chiqqan va qo‘llana boshlaganiga salkam 40 yil bo‘ldi, Finlyandiya esa ushbu qoidaga 1981-yilda o‘tgan so‘nggi Yevropa mamlakati sanaladi.
Mavzuga oid: Yevropada qishki/yozgi vaqtga o‘tish bekor qilinishi mumkin
Biroq finlar baribir qishki vaqt tartibiga ko‘nikisha olmayapti va Yevropa ittifoqiga shu qoidani bekor qilish tashabbusini kiritishgandi. Ularning taklifi 2019-yil bahorida Yevropa parlamentida ovozga qo‘yildi va 2021-yildan kuchga kirishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter