Yevropada zaxiradagi gaz keskin kamayib ketdi
Yevropa yer osti zaxiralarida saqlanayotgan gaz miqdori 49,83 foizgacha kamaydi, deyiladi «Gas Infrastructure Europe» ma’lumotida.
Germaniyada zaxiradagi gazning 42,44 foizi, Fransiyada 39,65 foizi qolgan. Ukrainada esa — 52 foiz.
Ayni paytdagi ko‘rsatkich Yevropada so‘nggi besh yildagi o‘rtacha darajadan 2,77 foizga ozdir.
Zaxiradagi gazning ko‘proq sarflanishi Yevropada bu yilgi qishning sovuqroq kelgani bilan izohlanyapti. Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropadagi qahratonlar kelasi hafta ham davom etadi, xususan, Sharqiy Yevropada havo 15°Cgacha pasayishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter