Davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangan Fathulloh Gulen vafot etdi
Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangan va 1999 yildan buyon AQShda istiqomat qilib kelgan Fathulloh Gulen 83 yoshida vafot etdi.
Ma’lum qilinishicha, Pensilvaniyada yashagan Gulen kecha, 20 oktyabr kuni shifoxonada vafot etgan.
CNN xabariga ko‘ra, Gulen so‘nggi yillarda buyrak etishmovchiligi va diabet bilan kurashgan.
Turkiya hukumati Gulenni 2016 yil iyulida davlat to‘ntarishiga urinishda ayblagan. Ikki kun davom etgan qarama-qarshilik natijasida 250 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 2,2 ming kishi jarohat olgandi.
Anqara bir necha bor AQShdan Gulenni ekstraditsiya qilishni talab qilgan, shuningdek, uning tashkiloti tarafdorlarini so‘nggisi javobgarlikka tortilguniga qadar ta’qib qilishini bildirgan edi. Turkiyada Gulen tarafdorlariga qarshi amaliyotlar muntazam ravishda olib boriladi. Turkiyada Gulenning FETO tashkiloti — terrorchilik tashkiloti deb e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Gulen dunyo bo‘ylab turk litseylari tarmog‘ining asoschisi ham hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter