Filippinda qimmatbaho mashinalar majaqlandi, politsiyachilarni dahshatli sinov kutmoqda (video)
Filippin hukumati hashamatli avtomobillarning ommaviy yo‘q qilinishini namoyish etdi. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.
Materiallarga ko‘ra, musodara qilingan 20 dan ortiq sport avtomobili ekskavator kovushining zarbalari ostida yo‘q qilingan. Ular orasida atigi bir necha yuz nusxada chiqarilgan noyob avtomobillar ham bo‘lgan.
Gazetaning yozishicha, avvalroq Filippinda musodara qilingan mashinalar kim oshdi savdosida sotilgan, ammo keyinchalik auksionda asosan jinoyatchilar qatnashayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu bois rasmiylar bunday tadbirlarni taqiqladi.
Ma’lumki, sport avtomobillarini yo‘q qilish tashabbuskori Filippin prezidenti Rodrigo Duterte hisoblanadi. Avvalroq davlat rahbari giyohvand moddalar mafiyasiga qarshi kurash kampaniyasini e’lon qilgandi. Bunda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan yoki ushbu jinoyatga gumon qilingan bir necha ming kishi sudsiz qatl etildi. Bundan tashqari, Duterte giyohvand moddalar savdosiga yo‘l qo‘yib bergan barcha politsiyachilarni axtalashini ma’lum qilgan.
Kuni kecha Filippin prezidenti Rodrigo Duterte COVID-19 bilan kasallanganlar sonining yana ko‘paygani bois emlashni istamaganlarni hibsga olishga va’da bergani to‘g‘risida ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter