Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Foreign Policy: Atom energetikasi odamzodni qutqarishga ulgurmaydi

Foreign Policy: Atom energetikasi odamzodni qutqarishga ulgurmaydi

Foto: «REGNUM»

Atom energetikasi 2050-yilga borib nol emissiyasi darajasiga erishishda alohida rol o‘ynamaydi, deya xabar berdi antropolog Jeyson Xikel «The Foreign Policy» nashridagi maqolada. Bu haqda «REGNUM» xabar bergan.

«Ba’zilar yadroviy quvvat barcha muammolarni hal qilishga yordam berishiga umid qilishadi. Albatta, biz yadro energetikasiga e’tibor qaratishimiz kerak, biroq uning ham cheklovlari bor», — deydi Xikel.

Antropologning ta’kidlashicha, yangi atom elektr stansiyalarini ishga tushirish uchun shu darajada ko‘p vaqt ketadiki, ular bu asr o‘rtalariga kelib nol emissiyasi darajasiga erishish uchun cheklangan rol o‘ynashga ulguradi xolos.

«Hatto uzoq istiqbolda ham barcha atom elektr stansiyalarining umumiy quvvati 1 teravattdan oshmaydi. Agar buyuk texnologik o‘zgarishlar yuz bermasa, energiyamizning aksariyat qismini shamol va quyosh energiyasi hisobiga olamiz», — deya qo‘shib qo‘ydi Xikel.

Eslatib o‘tamiz, BMTda xabar berilishicha, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo guruh ekspertlarining fikricha, butun dunyo XXI asrning oxirigacha sayyora haroratini Selsiy bo‘yicha 1,5 daraja doirasida saqlab qolish, 2050-yilgacha nol emissiyasi darajasiga erishish hamda 2030-yilgacha issiqxona emissiyasini 45 foizga kamaytirish uchun hamma imkoniyatlarini ishga solishi zarur.

Selsiy bo‘yicha 1,5 daraja chegarasidan oshib ketishi oqibatida, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo guruh ekspertlarining fikricha, taxminan 420 mln kishi ekstremal jaziramaga, taxminan 65 mln kishi esa anomal jaziramaga duchor bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring