Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya atom suvosti kemasida yong‘in sodir bo‘ldi

Fransiya atom suvosti kemasida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: «Twitter»

Bugun, 12-iyun tongida Fransiyaga qarashli ko‘p maqsadli atom suvosti kemasi («La Perle»)da yong‘in sodir bo‘ldi. Rasmiy manbalarda yong‘in submarinaning old qismida yuzaga kelgani aytiladi.

Hukumat bayonotiga ko‘ra, favqulodda vaziyat yuzaga kelgan paytda kema bortida yadroviy yonilg‘i va jangovar aslahalar bo‘lmagan, chunki kema ta’mirlanayotgan edi.

Kemadagilar o‘z vaqtida xavfsiz joyga ko‘chirilgani bois hech kim jabrlanmagan.

Yong‘inni o‘chirishda harbiy-dengiz bazasi kuchlariga shahar yong‘inga qarshi kurashish xizmati ham yordamlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring