Fransiya ortidan Buyuk Britaniya Falastinni tan olishi mumkin

Fransiya prezidenti ortidan Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer ham Falastinni alohida davlat sifatida tan olishi mumkin.
Starmerning ta’kidlashicha, Falastin davlatining yaratilishi — Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish yo‘llaridan biridir.
The appalling scenes in Gaza are unrelenting.
— Keir Starmer (@Keir_Starmer) July 25, 2025
The UK will pull every lever we have to get food and lifesaving support to Palestinians, and we will evacuate children who need urgent medical assistance.
This humanitarian catastrophe must end. pic.twitter.com/eNg7E5ABme
«Falastin davlatini tan olish bu qadamlardan biri bo‘lishi shart. Bu mening yagona pozitsiyam», — deb yozdi Starmer X ijtimoiy tarmog‘ida.
U bu masalada yaqin ittifoqchilar bilan ishlayotganini qo‘shimcha qildi.
Bosh vazir Britaniya falastinliklarni oziq-ovqat va boshqa kerakli yordam bilan ta’minlash uchun bor kuchini sarflashini, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bolalarni zudlik bilan G‘azodan evakuatsiya qilish kerakligini qo‘shimcha qildi.
24-iyul kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron BMT Bosh assambleyasining sentyabridagi yig‘ilishida Falastin Davlatini tan olishini e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter