Fransiya sharqida qor ko‘chdi: halok bo‘lgan va jarohat olganlar bor

Bir qancha qor ko‘chkilari natijasida bir kishi halok bo‘ldi va yana bir necha kishi jarohatlandi. Fojiali hodisa Alp tog‘lari etagidagi Savoy bo‘limida sodir bo‘ldi.
Mahalliy prefekturaning aniqlik kiritishicha, kamida to‘rtta qor ko‘chkisi qayd etilgan. Ular nechta dam oluvchining qor tagida qolganiga aniqlik kiritmadilar, ammo qutqaruvchilarning sharofati bilan ularning hayoti saqlab qolingani qayd etilmoqda, deb yozadi TASS.
Shu bilan birga, prefektura Savoy tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi yuqori bo‘lib qolayotganidan ogohlantirdi. Shu munosabat bilan hokimiyat chang‘ichilarni hushyorlikka va ob-havo ma’lumotlaridan boxabar bo‘lib turishga chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter