Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada maktab o‘quvchilarining bilimi pasayib ketdi

Germaniyada maktab o‘quvchilarining bilimi pasayib ketdi

Foto: Tagesspiegel

Germaniyada 15 yoshli maktab o‘quvchilarining matematika, o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng past darajaga tushib ketdi. Bu haqda Deutschlandfunk nashri o‘quvchilar bilimini baholashga ixtisoslashgan PISA xalqaro dasturi natijalariga asoslanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bu PISA tadqiqotlari boshlangan 2000-yildan beri eng yomon ko‘rsatkichdir.

2015-yilga solishtirganda, fanlarni sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ulushi matematikada 17 foizga, o‘qishda 15 foizga, tabiiy fanlarda 10 foizga ko‘paygan.

Tadqiqotda Germaniya reytingdagi 91 ta mamlakat orasida o‘rtacha ko‘rsatkichni qayd etdi.

Nafaqat Germaniyada, balki jahonning ko‘plab mamlakatlarida o‘quvchilarning bilim darajasi tushib boryapti. «O‘quvchilarda nafaqat bazaviy savodxonlik pasaymoqda, shuningdek, ma’lumotlarni qiyoslash, axborotni tanqidiy tahlil qilish va murakkab matnlar bilan ishlash qobiliyati ham susaymoqda»,dedi PISA tizimi asoschisi Andreas Shleyxer Euronews telekanaliga bergan intervyusida.

U natijalarni yaxshilash uchun o‘qituvchi hamda ota-onalarning mas’uliyatini oshirish muhimligini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring