HAMAS va Isroil o‘rtasidagi muvaqqat sulh uzaytirildi

HAMAS Isroil bilan yana ikki kunga sulhni uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Qatar Tashqi ishlar vaziriga asoslanib, Al Jazeera ma’lum qildi.
Bundan oldin Falastin tomoni Isroil va HAMAS gumanitar sulhni uzaytirishga yaqin ekanini e’lon qilgandi.
22-noyabr kuni Isroil G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha HAMAS bilan kelishuvni tasdiqladi. Kelishuvga ko‘ra, to‘rt kunlik sulh e’lon qilinadi va bu muddat davomida XAMAS 50 nafar ayol va bolani ozod qiladi.
Bundan tashqari, Qizil Xoch vakillariga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish uchun qolgan garovga olinganlarga tashrif buyurishga ruxsat beriladi. Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdanning aytishicha, vaqtinchalik sulh tugaganidan keyin Isroil Falastin anklavidagi urushni davom ettiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter