Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy rejim yetakchisi Niger prezidenti bo‘ldi

Harbiy rejim yetakchisi Niger prezidenti bo‘ldi

Foto: Report

Nigerda 2023-yili hukumatni egallagan harbiylar yetakchisi Abdurahmon Tchiani 26 mart kuni prezident sifatida qasamyod qilib, besh yillik o‘tish davrida mamlakatni boshqaradigan bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Uning prezidentlik vakolati 2030-yilda yakuniga yetadi.

Shuningdek, Tchianiga mamlakatning eng oliy harbiy unvoni (armiya generali) berildi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Niger janubi-g‘arbida terrorchilar tomonidan 44 nafar tinch aholi vakili o‘ldirilgan va mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring