Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hech kimni yolg‘izlatib qo‘ymaymiz»: To‘qayev yangi bayonot bilan chiqdi

«Hech kimni yolg‘izlatib qo‘ymaymiz»: To‘qayev yangi bayonot bilan chiqdi

Foto:«Inbusiness.kz»

Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi 11-mayga qadar uzaytirildi.

Bu haqda prezident To‘qayevning Oq O‘rda saytiga joylashtirilgan murojaatida ma’lum qilingan.

«Bizning umumiy vazifamiz - Qozog‘istonda yomon ssenariy ro‘y berishiga yo‘l qo‘ymaslik. Favqulodda holatni 11-maygacha uzaytirdik. Agar virus tarqalishining yangi to‘lqini ro‘y bermasa (bunga umid qilamiz) vaziyat shu muddatgacha yaxshilanadi» deydi prezident qozog‘istonliklarga murojaatida.

To‘qayev «davlat hech kimni yolg‘izlatib qo‘ymasligini» ham alohida ta’kidlagan.

Shuningdek, asta-sekinlik bilan ayrim tadbirkorlarga ruxsat beriladi, 1 maydan Nursulton va Olmaota o‘rtasidagi aviareys tiklanadi.

Shu vaqtga qadar 4 million 250 ming kishiga moliyaviy yordam ko‘rsatilgan, 570 ming kishiga mahsulotlar bilan yordam berilgan. Yana 1,1 million nafar aholiga mahsulotlar berish ko‘zda tutilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring