Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston mo‘jizasi: Mamlakat iqtisodiyotini kimlar tortmoqda?

Hindiston mo‘jizasi: Mamlakat iqtisodiyotini kimlar tortmoqda?

Manba: Reserve Bank of India

Bugun Hindiston iqtisodiyotida kuzatilayotgan holatlardan biri diqqatga sazovor — xorijda mehnat qilayotgan hindlar vataniga jami chet el investitsiyalaridan ko‘ra deyarli ikki barobar ko‘p mablag‘ yubormoqda.

Reserve Bank of India so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra (diagramma), oxirgi moliyaviy yilda hind diasporasidan kelib tushgan pul o‘tkazmalari tarixiy cho‘qqiga ko‘tarilib, 135,59 milliard dollarga yetdi. Taqqoslash uchun: mamlakatga kirib kelgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi 50–70 milliard dollar atrofida baholanmoqda.

Ushbu mablag‘lar makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Xususan, mehnat migrantlari jo‘natgan pullar tovarlar tashqi savdosidagi yillik 287 milliard dollarlik defitsitning deyarli 50 foizini yopishga xizmat qildi.

Bu inson kapitali har qanday mamlakat uchun eng asosiy strategik resurs ekanini yaqqol isbotlovchi misoldir. Shu tariqa xorijda, ayniqsa AQSh, Buyuk Britaniya va Singapurda mehnat qilayotgan hindistonliklar vatan iqtisodiyoti uchun eng yirik xalqaro korporatsiyalar va investitsiya fondlaridan ko‘ra ko‘proq foyda keltirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring