Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston poytaxtini «ajal tutuni» qopladi

Hindiston poytaxtini «ajal tutuni» qopladi

Foto: Mir24.TV

Hindiston poytaxti Dehlini anomal smog (tutun) qopladi. Mamlakat shimolida havo sifati bir haftada keskin yomonlashib ketdi.

Mamlakatda o‘pka orqali qonga o‘tuvchi havoni ifloslovchi kanserogen moddalar — PM2.5 miqdori 13-noyabr kuni JSST tavsiya qilganidan 50 baravar ko‘pligi (!) qayd etildi.

Havo sifatini kuzatuvchi IQAir kompaniyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bugun 18-noyabr kuni Dehlida havoning ifloslanish darajasi 1500 birlikni yoki JSST tavsiya qilganidan 15 baravar ko‘pni tashkil etgan.

Poytaxt shifoxonalarida nafas va oshqozon-ichak kasalliklariga chalingan bemorlar soni keskin oshib ketdi.

Dehlidagi smog hatto aviaqatnovlarga ham xalaqit berdi. Poytaxt ma’muriyati maktablarni yopib, qurilish ishlarini to‘xtatmoqda. Shaharga yuk mashinalarining (eng zarur narsalarni tashuvchilaridan tashqari) kirishi taqiqlandi.

O‘tgan hafta ko‘mir va o‘tin yoqiladigan barcha sohalarning ishlashi taqiqlangan, qolaversa, favqulodda xizmatlardan boshqalarning dizel yonilg‘isidan foydalanishi man etilgan edi.

30 milliondan ortiq aholi yashovchi Dehli va unga tutash viloyat an’anaviy tarzda qishda havoning ifloslanishi bo‘yicha xalqaro reytinglarda yetakchi bo‘lmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yomon havo dehliliklar umrini yetti yilgacha qisqartirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring