Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask ilk bor «Forbes» milliarderlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Ilon Mask ilk bor «Forbes» milliarderlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Foto: «Global Look Press/Britta Pedersen/dpa»

SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask ilk bor «Forbes Real-Time» milliarderlar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

«Forbes» ma’lumotlariga ko‘ra, 8-dekabr kuni Maskning boyligi 1,6 milliard dollarga ko‘payib, 144,7 milliardni tashkil etdi. BBI ma’lumotlariga ko‘ra esa 1,84 milliard dollarga ko‘payib, 157 milliard dollarga yetgan.

Birinchi o‘rinni «Amazon» asoschisi Jeff Bezos egallagan bo‘lsa, «Microsoft» asoschisi Bill Geytsga uchinchi o‘rin nasib etgan. «Louis Vuitton Moët Hennessy» prezidenti Bernard Arno to‘rtinchi, «Facebook» asoschisi Mark Sukerberg esa beshinchi pog‘onadan joy olishdi.

Shu bilan birga, Bloomberg Billionaires Index (BBI) reytingida Mask noyabr oyidan beri ikkinchi o‘rinni band etib kelmoqda. O‘shanda tadbirkorning boyligi bir hafta ichida 13,5 milliard dollarga ko‘paygani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring