Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask uyini 29 million dollarga sotdi

Ilon Mask uyini 29 million dollarga sotdi

Foto: «Reuters»

Tadbirkor va milliarder Ilon Mask Los-Anjelesdagi uyini 29 million dollarga sotdi, deb yozadi «New York Post».

Nashrning xabar berishicha, milliarderning yana sakkizta uyi qoldi.

Amerikaning Kaliforniya shtatidagi dang‘ilamma hovli joriy yilning may oyida sotuvga qo‘yilgandi. Mask bu uyni 2012-yilda «Canyon Capital» jamg‘armasi asoschilaridan biri Mitchel Julisdan 17 million dollarga sotib olgandi. Qariyb 30 million dollarlik hovli hududida tennis korti, basseyn va mevali bog‘ bor. Uyning derazasidan okean ko‘rinib turadi. Los-Anjelesning mazkur hududida «Tesla» va «SpaceX» asoschisiga qarashli yana beshta ko‘chmas mulk ob’yekti bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring