Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Foto: Uwe Anspach/Global Look Press

Indoneziyaning Flores oroli sohillarida 7,7 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) xabar berdi.

Zilzila Toshkent vaqti bilan 15-avgust soat 02:5 da Labuan-Bajo shahridan 162 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Uning o‘chog‘i 35 kilometr chuqurlikda joylashgan.

EMSC ma’lumotlariga ko‘ra, biroz vaqt o‘tib, Labuan-Bajo shahridan 102 kilometr uzoqlikda 6,2 magnitudali takroriy silkinish sodir bo‘lgan.

Sunami xavfi e’lon qilingan.

Straits Times gazetasi xabar berishicha, zilzila oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. 

Sharqiy Nusa-Tengara provinsiyasida kuchli zilzila oqibatida turarjoylar, maktablar, davlat va tibbiyot muassasalariga zarar yetgan, deyiladi Jakarta Globe portali xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring