Iqtisodiy inqirozga qarshi kurashish uchun fillar o‘limga hukm qilindi
Zimbabve hukumati koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq iqtisodiy inqirozga qarshi kurash doirasida fillarni o‘ldirish uchun litsenziyalarni sotishga qaror qildi, deya xabar bermoqda CNN.
Dunyo bo‘ylab xalqaro sayohatlarga cheklovlar qo‘yilganligi sababli mamlakatda turizmdan tushadigan daromadlar keskin pasayib ketdi. Afrika davlati ov yordamida ularni qisman qoplamoqchi. Bu yil kamida 500 ta litsenziya berilishi taxmin qilinmoqda.
Har bir litsenziya 10-70 ming dollarga baholanadi, ya’ni bir necha o‘n millionlab dollar ishlab topishi kutilmoqda. Zimbabve milliy bog‘lari va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi vakili Tinashe Faravoning ta’kidlashicha, bunday daromad hech bo‘lmaganda tashkilot xodimlariga ish haqi sifatida to‘lanadi.
Umuman olganda, mamlakatda fillar soni 100 mingtaga yetdi. So‘nggi yillarda ushbu jonivorlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar soni ko‘paymoqda. Jumladan, ular orasida nobud bo‘lganlari ham bor.
Hayvonlarni himoya qiluvchi faollar Zimbabve rejalarini tanqid qilib, bunday amaliyotlar baxtsiz hodisalar sonining ko‘payishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, hayvonlar otib o‘ldirilgan fillar uchun o‘ch olishni boshlashlari mumkin.
Zimbabve o‘z iqtisodiyotini fillar yordamida yaxshilashga qaror qilgan birinchi Afrika mamlakati hisoblanmaydi. Namibiya ham xuddi shu rejasini o‘tgan yilning dekabr oyida e’lon qilgandi. Faqat otish emas, sotish haqida gap ketgandi.
Keyingi o‘n yilliklarda Afrikada fillar soni, shu jumladan, brakonerlik tufayli kamaydi, ammo qit’aning janubida ularning soni, aksincha, oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter