Janubiy Koreyada to‘ylar kamaymoqda, sababi — iqtisodiy qiyinchilik...

O‘tgan 2018-yili Janubiy Koreyada so‘nggi 40 yilda eng kam nikohdan o‘tish qayd etildi. Bu haqda «Yonhap» agentligi xabar berdi.
Sababi shundaki, to‘y — juda serxarajat marosim, shu bois cho‘ntagi ko‘tarmaganlar uni o‘tkazmay qo‘ya qoladilar.
Mamlakat statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yili 257 622 kishi nikohdan o‘tdi — bu 244 780 kishi nikohdan o‘tgan 1972-yildan beri eng past ko‘rsatkich.
Va aksincha, mamlakatda ajrashishlar soni ko‘paymoqda: 2018-yili 108 684 kishi nikohini bekor qildirgan.
Qolaversa, mamlakatda nikohdan o‘tish o‘rtacha yoshi ham oshib borayotir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter