Irlandiya aholisining katta qismi abortni qonuniylashtirish uchun ovoz berdi
Kecha, 25-may kuni Irlandiyada abortni qonuniylashtirish masalasida referendum bo‘lib o‘tdi. Natijalar bugun e’lon qilinadi.
«Irish Times» gazetasining xabar berishicha, ekzit pollga ko‘ra aholining 68 foizi abortni qonuniylashtirish uchun ovoz bergan bo‘lsa, 32 foizi qarshi chiqqan. Yoshlarning 87 foizi qonuniylashtirish uchun ovoz bergan.
Irlandiya Yevropaning abortga ruxsat berilmaydigan konservativ davlatlaridan biri sanaladi. 1983 yilda o‘tkazilgan referendumga ko‘ra mamlakatda abort qilish taqiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter