Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada dinozavrning yangi turi topildi

Ispaniyada dinozavrning yangi turi topildi

Foto: Gobierno de Castilla-La Mancha

Portugaliyaning Lissabon universiteti paleontologlari Ispaniyaning Kuenka shahri yaqinidagi Lo-Ueko manzilida zauropod-dinozavrlarning yangi turini topishdi.

Qadimiy kaltakesak kunkazavr (Qunkasaura pintiquiniestra) deb nomlandi.

Communications Biology jurnali yozishicha, kunkazavrlar bo‘yni va dumi uzun to‘rt oyoqli o‘txo‘r dinozavrlar (zauropodlar)ga mansub. O‘z navbatida, kunkazavrlar zauropodlarning titanozavrlar turiga kirishi eslatib o‘tilgan.

Foto: Heraldo de Aragón

Kunkazavrlar bo‘r davrida — 73-75 mln yillar avval yashagan, Pireney yarimorolida keng tarqalgan. Topilgan suyaklar dinozavrning bo‘yi besh metrdan oshganligini ko‘rsatmoqda.

Yaqinda nemis paleontologlari qirg‘iz hamkasblari bilan birgalikda Qirg‘izistonda yangi turdagi dinozavr qoldiqlarini topib, unga Alpqoraqush deya nom berishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring