Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada ulkan do‘l yosh bolani halok qildi (video)

Ispaniyada ulkan do‘l yosh bolani halok qildi (video)

Ispaniyaning Jirona provinsiyasida tovuq tuxumi kattaligidagi do‘l yog‘ishi oqibatida bir yarim yoshli qizaloq halok bo‘ldi, yana 30 kishi jarohatlandi.

La Razon nashri xabariga ko‘ra, La-Bisbal-d’Emporda shahrida kuchli do‘l yog‘gan. Boshidan jarohat olgan qizcha shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uni saqlab qola olmagan.

Kuchli do‘l avtomobillar, tomlarga zarar yetkazdi.

Meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, diametri 10 santimetrdan katta bo‘lgan do‘l Ispaniyada 2002 yildan beri birinchi marta qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring