Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyadagi fuqarolar urushidan omon qolgan ayol Yerning eng keksa fuqarosiga aylandi

Ispaniyadagi fuqarolar urushidan omon qolgan ayol Yerning eng keksa fuqarosiga aylandi

Mariya Branyas Morera.

1907-yilda tug‘ilgan Mariya Branyas Morera fransiyalik 118 yoshli Lyusil Rendon vafotidan so‘ng Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa odam sifatida kirdi. Bu haqda  The Guardian yozmoqda.

Ispaniyada tug‘ilgan AQSh fuqarosi ikki jahon urushidan, Ispaniya fuqarolar urushidan, 1918 yildagi ispan grippi pandemiyasidan va koronavirusdan omon qolgan.

Morera yashaydigan qariyalar uyi uning eng keksa odam sifatida tan olingani haqida bayonot bergan. «Uning sog‘lig‘i yaxshi va ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorchilik bildirmoqda», deya qo‘shimcha qildi qariyalar uyi.

Morera 2020 yil may oyida koronavirusni yengib o‘tganidan so‘ng jahon gazetalarining sarlavhalariga chiqdi. O‘shanda u koronavirusni yenggan eng qari fuqarolardan biri bo‘lgandi. 

Morera kataloniyalik shifokor Joan Moretga turmushga chiqqan va uch nafar farzand ko‘rgan. Hozir uning 11 nevara va 13 evarasi bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring