Ispaniyadagi g‘orda qadimgi xunrezlik izlari topildi
Pireney yarim orolida arxeologlar 7,3 ming yil muqaddam shafqatsizlarcha o‘ldirilgan odam qoldiqlari bo‘lgan g‘orni aniqlashdi. Bu haqda «Nature» jurnalida maqola chop etilgan.
Topilmaga Ispaniyaning Ueska provinsiyasida El-Troks nomli g‘orda duch kelingan. Olimlar jami 13 nafar odamning qoldig‘ini topishdi. Ularning fikricha, qadimgi odamlar bir vaqtda hayotdan ko‘z yumishmagan. Orasidagi vaqt tafovuti taxminan ming yillarga borib taqaladi.
Arxeologlar boshqalarga qaraganda oldinroq halok bo‘lgan to‘qqiz kishidan iborat jamoa, jumladan, 4 ta bola va 5 ta katta yoshli odam qoldiqlarini o‘rganishdi. Radiouglerodli tahlilga ko‘ra, ular taxminan miloddan avvalgi 5325 va 5067-yillar orasida hayotdan ko‘z yumishgan.
Mutaxassislar odam qoldiqlarida o‘q-yoy va to‘mtoq buyum izlarini aniqlashdi. Bu ularning jazo qurboni bo‘lganini bildiradi.
Arxeologlarning taxminicha, odamlar jamoasining halokatiga hayotiy manbalar uchun raqobat sabab bo‘lgan. Hisobotda yozilishicha, El-Troksdagi kabi qirg‘in Ispaniyada ham, Yevropaning boshqa joylarida ham uchramaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter