Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyaga Sahroi Kabirdan kuchli qum bo‘roni yopirildi (video)

Ispaniyaga Sahroi Kabirdan kuchli qum bo‘roni yopirildi (video)

Ispaniyaning bir qator hududlariga Sahroi Kabir (Afrika)dan kuchli qum bo‘roni yopirildi.

«The Weather Network» yozishicha, Ispaniya meteorologiya xizmati qum bo‘ronini «favqulodda va juda kuchli», deya tasnifladi. Ispaniyaning Madrid, Granada va Leon singari hududlarida ko‘rish darajasi to‘rt kilometrgacha qisqardi.

Madrid shimolidan Kanar orollarigacha, shuningdek, O‘rta Yer dengizida joylashgan Balear orollarida havo sifati keskin pasayib ketdi.

«Ispaniyaning ayrim hududlarida havo sifati shunchalik pasaydiki, zararini 24 soat ichida ikki quti sigareta chekishga tenglashtirish mumkin. Britaniya Kolumbiyasi (Kanada)da o‘rmon yong‘inlari paytida xuddi shunday havo sifati buzilishi kuzatilgandi», — dedi «The Weather Network» meteorologi Tayler Gamilton.

Sahroi Kabirdan kelgan qum bo‘roni kelishi bugun to‘xtashi, biroq Ispaniyadagi chang-qum shimolda Niderlandiyagacha va Germaniyaning shimoli-g‘arbigacha yetib borishi kutilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring