Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil osmonida va G‘azo sektorida yana portlashlar

Isroil osmonida va G‘azo sektorida yana portlashlar

Isroil armiyasi shanba kuni ertalab G‘azo sektori hududiga yangi zarbalar berdi.

Euronews nashri ushbu amaliyot «Islomiy jihod» terrorchilik guruhiga qarshi operatsiya doirasida bo‘lganini yozmoqda. Nashrning Isroil armiyasi qo‘mondonligi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, kamida 15 jangari, jumladan, terrorchi guruh yetakchilaridan biri o‘ldirilgan.

«Islom jihodi» guruhi o‘z rahbarlaridan biri –Taysir al-Jabarning harbiy amaliyot vaqtida halok bo‘lganini tasdiqlagan.

Iordaniyaning G‘arbiy sohili va G‘azo sektoridagi harbiy amaliyot juma kuni boshlangan edi. Isroil hukumatining aytishicha, bu guruh yetakchilaridan biri hibsga olinishi ortidan terrorchilarning qilgan tahdidlariga javobdir. Amaliyot boshlangandan beri, harbiy hisob-kitoblarga ko‘ra, Isroil shaharlari tomon 80 ga yaqin raketa uchirilgan.

Falastin ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida 10 kishi, jumladan, 5 yoshli qizcha halok bo‘lgan. O‘nlab odamlar yaralangan.

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi mintaqadagi vaziyat keskinlashganidan xavotir bildirdi. Tashkilot vaziyat nazoratdan chiqib ketishi va bu tinch aholi uchun dahshatli oqibatlarga olib kelishidan xavotirda. Qo‘mita mojaro taraflarini gumanitar qonunlarga rioya qilishga chaqirdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring