Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan sog‘aygan Isroil sog‘liqni saqlash vaziri iste’foga chiqmoqda

Koronavirusdan sog‘aygan Isroil sog‘liqni saqlash vaziri iste’foga chiqmoqda

Foto: «Sbu.ua»

Isroil sog‘liqni saqlash vaziri Yaakov Litsman 25-aprel kuni iste’foga chiqishi haqida ma’lum qildi. Xuddi shu xabar mamlakat OAVlarining kechki xabarida berildi.

Isroillik jurnalistlarga ko‘ra, Yaakov Litsman bosh vazir Binyaminu Netanyaxuga vazirlikdan emas, aynan sog‘liqni saqlash sohasidan ketishini ma’lum qilgan, chunki u endi mamlakat rahbaridan «uy-joy qurilishi vaziri portfeli»ni so‘rayapti.

Ta’kidlanishicha, vazir Litsman sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilda koronavirus epidemiyasi payti yuritgan siyosati uchun tanqidga uchragandi. E’tiborga molik bir ma’lumot, Yaakov Litsmaning o‘zi ham koronavirusga chalinib, ortiqcha qiyinchiliklarsiz uni yengib o‘tgan.

Ma’lumot uchun: Isroil koronavirus pandemiyasi qamrovi bo‘yicha Osiyoda 6-mamlakat (Turkiya, Eron, Xitoy, Hindiston va Saudiya Arabistonidan keyin): 15 928 nafar insonda ushbu kasallik aniqlangan bo‘lib, shulardan 6 436 nafari sog‘ayib ketgan, qurbonlar — 199 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring