Isroil va HAMAS muzokarasi: Kim nimadan norozi?
Isroil va Falastinning G‘azo bo‘lgasini nazorat qilib kelayotgan HAMAS harakati urushni to‘xtatish va garovdagilarni ozod qilish borasidagi muzokaralarni boshladi.
Muzokaralar Donald Tramp ishlab chiqqan 20 moddadan iborat «tinchlik rejasi» doirasida amalga oshmoqda va kamida bir necha kun davom etishi kutilyapti.
Uchrashuv AQSh vositachiligida Qizil dengiz bo‘yidagi Sharm-al-Sheyx kurortida bo‘lib o‘tyapti.
Trampning rejasiga ko‘ra, urushni to‘xtatish jarayoni bir necha bosqichda amalga oshadi:
- Darhol o‘t ochishni to‘xtatish — har ikki tomon rejani rasman ma’qullashi bilanoq amalga kiritiladi;
- HAMASning qurolsizlanishi va G‘azoni «radikalizmdan xoli hudud»ga aylantirish;
- Garovdagilarni ozod qilish: 72 soat ichida HAMAS 48 nafar isroillikni (ulardan 20 nafari tirik deb hisoblanmoqda) qaytarishi kerak;
- Isroil tomonidan falastinlik mahbuslarni ozod qiladi. Bu 250 nafar umrbod qamalgan va 1700 kishi, jumladan ayollar hamda bolalar qamoqdan chiqariladi;
- Har bir qaytarilgan garovdagi uchun Isroil 15 nafar falastinlikning jasadini qaytaradi;
- Isroil qo‘shinlari bosqichma-bosqich chiqariladi, ularning o‘rnini Xalqaro barqarorlik kuchlari (XBK) egallaydi.
Muzokarada ishtirok etayotgan AQSh delegatsiyasiga maxsus vakil Stiv Uitkoff rahbarlik qilmoqda. U bilan birga Trampning yaqin maslaxatchisi va sobiq kuyovi Jared Kushner ham Misrga yetib kelgan.
Isroil delegatsiyasini bosh muzokarachi Ron Dermer boshqarmoqda, tarkibda Binyamin Netanyahuning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Ofir Falk ham bor.
HAMAS tomonidan muzokaralarda harakat rahbarlaridan biri Xalil al-Xayya ishtirok etyapti.
Tramp rejasida sektorda HAMAS ishtirokisiz vaqtinchalik ma’muriyat tuzilishi ko‘zda tutilgan. Bu tuzilma falastinlik rasmiylardan iborat bo‘ladi va kundalik boshqaruv ishlarini olib boradi.
O‘z navbatida, HAMAS vakillari qurolsizlanish shartlarini rad etmoqda. Harakat yetakchilaridan Musa Abu Marzuk «qurollar faqat kelajakdagi Falastin ma’muriyatiga topshirilishi mumkin»ligini aytgan.
Boshqa bir vakil Usama Hamdan esa «xorijiy kuchlarning G‘azoga kirishi qabul qilinmasligini» ta’kidladi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu esa HAMAS rejani qabul qilmasa, «Isroil yakkalikda bo‘lsa ham urushni yakunlaydi», deb ogohlantirdi.
Manba: ru.euronews.com


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter