Italiya prezidenti kim bo‘lishi deyarli ma’lum

Italiyada 24-yanvar kuni mamlakat prezidentligi uchun saylov boshlangani haqida xabar bergandik.
Bugun, 29-yanvar sanasida saylovning yettinchi turi ham natijasiz tugadi, biroq yetakchi siyosiy partiyalar rahbarlari bir to‘xtamga kelib bo‘lishdi, bu haqda parlament partiyalarining taniqli vakillari OAVga ma’lum qilishdi.

OAV xabarlariga ko‘ra, bosh vazir Mario Dragi bugun ertalab respublika prezidenti Serjo Mattarella (vakolat muddati 3-fevralda tugaydi) bilan yarim soat muzokara olib borgan va undan o‘z lavozimida qolishga rozilik berishni so‘ragan. Dragining fikricha, hozirgi sharoitda Mattarellaning qayta saylanishi «mamlakatning manfaaatlari va barqarorligi»ga xizmat qiladi. Suhbatdan so‘ng hukumat rahbari partiyalar yetakchilari bilan muzokaralar stoli atrofiga o‘tirgan.
Shundan so‘ng Rimda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda yetakchi partiyalar rahbarlari Mattarellaning nomzodini qayta saylash uchun tasdiqlashdi. Tez orada partiyalar yetakchilari amaldagi prezident bilan uchrashib, unga o‘z pozitsiyalarini ma’lum qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, yettinchi turdan so‘ng ovoz berish varaqalarida Mattarella uchun 387 ta ovoz berilgan, yangi prezident saylanishi uchun yetarli 505 ovoz to‘planmagandi.
Italiya prezidentligi uchun saylovning sakkizinchi turi Rimda bugun soat 16:30 (20:30 t.v.)da boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter