Italiyada bir sutkada 475 kishi koronavirusdan vafot etdi

So‘nggi 24 soat ichida Italiyada koronavirus bilan xastalanish natijasida 475 kishi vafot etdi.
Bu haqda Italiya fuqaro himoyasi departamenti boshlig‘i Anjelo Borrelliga asoslanib, TASS xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘limlar soni kasallik boshlangandan buyon rekord ko‘rsatkichdir. Hozirda mamlakatda 35 713 kishi virusni yuqtirgan, vafot etganlar soni 3 mingga yaqinlashdi, 4 mingdan ziyod kishi tuzalib ketdi.
Virus yuqtirganlarning deyarli barchasi Italiyaning shimoliga to‘g‘ri kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham 23 nafar fuqaro ushbu infeksiyani yuqtirgani aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter