Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada kuchli bo‘ron: qurbonlar bor

Italiyada kuchli bo‘ron: qurbonlar bor

Italiyada kuchli bo‘ron daraxtlarni qo‘porib tashlashi hamda sel kelishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com» sayti.

Bo‘ron tufayli Italiya sobiq bosh vaziri Berluskonining yaxtasi ham zarar ko‘rgan. Halok bo‘lganlar orasida qidiruv-qutqaruv guruhidan ham bir kishi bo‘lgan.

«RIA Novosti»ning xabar berishicha, yong‘in xavfsizligi xodimlari bo‘ron oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanuvchi boshqa yordam ko‘rsatish xizmatlari bilan birgalikda 8 ming yordam ko‘rsatish operatsiyasini amalga oshirgan.

Fuqarolarni muhofazalash xizmati ko‘rsatmasiga ko‘ra, mamlakat shimolidagi beshta hududda xavfning qizil darajasi e’lon qilingan. Kuchli yomg‘irlar bugun ham Italiyaning ko‘plab shaharlarida kuzatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring