Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon banki Doing Business reytingini vaqtincha to‘xtatdi

Jahon banki Doing Business reytingini vaqtincha to‘xtatdi

Foto: «Stockworld»

Jahon banki Doing Business reytingini e’lon qilishni vaqtincha to‘xtatdi.

Doing Business — mamlakatlarda biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlar baholanadigan an’anaviy yillik reyting.

Ta’kidlanishicha, ayrim nomuvofiqlar ushbu qaror chiqarilishiga sabab bo‘lgan, xususan, Doing Business-2018 va Doing Business-2020 hisobotlarini tuzishda xatoliklar aniqlangan.

Ushbu reyting uchun ma’lumotlar qanday yig‘ilib, tahlil qilingani, shuningdek, axborotning yaxlitligini himoyalash nazorati vositalari o‘rganilishi aytilgan.

«Olingan natijalar asosida ish tutib, nomuvofiqlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlarning ma’lumotlarini retrospektiv tarzda to‘g‘rilab qo‘yamiz», — deyiladi Jahon banki bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ushbu reytingda oxirgi marta (Doing Business-2020) 190 mamlakat orasida 69-o‘rinni egallagandi.

Manba: Doing Business-2020

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring