Jahon banki Xitoy iqtisodiyoti o‘sishi pasayishini prognoz qildi
«Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotida 2022-yilda Xitoy iqtisodiyoti o‘sishi oktyabr oyida kutilgan 5,4 foiz o‘rniga 5 foizga o‘sishi prognoz qilindi.
«Mintaqadagi ishlab chiqarishning 86 foizi to‘g‘ri keluvchi Xitoy iqtisodiyoti o‘sishi optimistik baholarda 5 foizga, pessimistik kutilmalarda 4 foizga o‘sadi», — deyiladi Jahon banki prognozida.
Tahlilchilarga ko‘ra, Ukraina atrofidagi vaziyat va pandemiya asoratlari Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari iqtisodiyotlari tiklanishiga salbiy ta’sirini o‘tkazadi.
Mintaqaning qolgan mamlakatlarida ishlab chiqarish hajmi asosiy kutilmalarda 4,8 foiz, yomon ssenariy bo‘yicha 4,2 foizga o‘sishi kutilyapti. Vaziyat ikkinchi talqin yo‘nalishida rivojlansa mintaqada yana 6 million kishi 2022-yilda kuniga 5 dollargacha topuvchi qashshoqlar safiga qo‘shiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter