Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonda jurnalistlarning o‘ldirilishi keskin oshdi

Jahonda jurnalistlarning o‘ldirilishi keskin oshdi

Xalqaro Jurnalistlar federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda dunyo bo‘ylab 94 jurnalist o‘ldirilgan.

O‘tgan 2022-yilda bu ko‘rsatkich 68 kishi tashkil etgan, bu yilgi miqdor esa 40 foizga ko‘pdir.

Aksariyat jurnalistlar 7-oktyabrdan keyin boshlangan G‘azodagi  janglarda halok bo‘lgan (71 kishi). Ukrainadagi mojaroda uch kishi halok bo‘ldi: bir ukrainalik, bir rossiyalik va bir fransuz jurnalisti.

Shuningdek, federatsiya hisob-kitoblariga ko‘ra, turli mamlakatlarda 393 nafar jurnalist qamoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinni Xitoy egallab, u yerda 80 nafar jurnalist qamoqda. Keyingi o‘rinlarda Myanma (54), Turkiya (41), Rossiya (40), Belarus (35).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring