Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST rahbari xavotirli bayonot bilan chiqdi

JSST rahbari xavotirli bayonot bilan chiqdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2023 va 2024-yillarda virusli tropik kasalliklarga chalingan bemorlarning ko‘payishidan ogohlantirdi. 

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, El-Nino ob-havo hodisasi ushbu holatlarning ko‘payishiga olib kelishi kutilmoqda.

JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, dang isitmasi, Zika virusi infeksiyasi va chikunguniya bilan kasallanish holatlari ko‘payishi kutilmoqda.

Bu kasalliklarning barchasi odamlarga chivin chaqishi orqali yuqadi.

«So‘nggi o‘n yilliklarda dunyo bo‘ylab dang bezgagi bilan kasallanish keskin oshdi, ayniqsa Amerikada o‘tgan yili 2,8 million holat va 1280 kishi o‘lim holati qayd etilgan», — deydi JSST rahbari.

El-Nino hodisasi Tinch okeanining sirt haroratining 3 darajadan ortiq oshishini anglatadi, bu kuchli qurg‘oqchilik, suv toshqini, yog‘ingarchilik va haroratning oshishiga olib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring