Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Julian Assanjning taqdiri ertaga hal bo‘ladi

Julian Assanjning taqdiri ertaga hal bo‘ladi

Foto: «Associated Press»

Julian Assanj Buyuk Britaniyadan AQShga ekstraditsiya qilinishi mumkin, ertaga, 5-yanvar kuni bu haqda ma’lum qilinadi. Assanjning advokatlari, agarda jurnalist sud qilinadigan bo‘lsa, 175 yilgacha qamalishi mumkin, deyishmoqda.

Wikileaks (anonim manbalardan olingan maxfiy ma’lumotlarni e’lon qiluvchi xalqaro notijoriy tashkilot) prokurorlarni Julianj Assanjga qo‘yilgan ayblovlarni olib tashlashga chaqiryapti.

Sayt asoschilaridan bo‘lgan 49 yoshli Assanjga 18 banddan iborat ayblov ilgari surilmoqda: kompyuterlarga buzib kirish, milliy mudofaa haqidagi ma’lumotlarni olish va ochiqlash maqsadida til biriktirishga doir ayblovlar.

WikiLeaksda Afg‘oniston, Iroq urushlari va diplomatik munosabatlarga oid boshqa yuz minglab maxfiy ma’lumotlar oshkor etilganidan so‘ng shu ish ochilgan.

Prokurorlarning bayonotiga ko‘ra, Assanj amerikalik mudofaa tahlilchisi Menningga josuslik to‘g‘risidagi qonunni buzishda ko‘maklashgan, xakerlik amaliyotlari ishtirokchisi bo‘lgan, amerikalik ma’lumot yetkazuvchilar hayotini xavf ostida qoldiruvchi maxfiy axborotni e’lon qilgan.

Ayblanuvchi bugun Old-Beyliga keltiriladi: okrug sudyasi Vanessa Barayser uning AQShga topshirilishi yoki aksincha bo‘lishi borasida bir qarorga keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring