Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kamerunda 19 sportchi portlashdan jabrlandi

Kamerunda 19 sportchi portlashdan jabrlandi

Kamerunda ommaviy yugurish musobaqasi paytida portlash yuz berdi. Uning oqibatida 19 nafar sportchi jarohatlandi.

Musobaqada 529 nafar sport ishtirok etayotgan bo‘lgan.

Reuters xabariga ko‘ra, hodisa mamlakat janubi-g‘arbida sportchilarning marshruti bo‘ylab sodir bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, kamida 19 kishi jarohat olgan, ularning uch nafariga jarrohlik yordami kerak. O‘lim holatlari qayd etilmagan.

Xavfsizlik xizmatlari hujum tashkilotchilari mamlakat janubi-g‘arbiy hududlarida Kamerundan ajralib chiqishga intilayotgan separatistlar bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring