Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kamol Qilichdoro‘g‘liga qarshi jinoiy ish ochilishi mumkin

Kamol Qilichdoro‘g‘liga qarshi jinoiy ish ochilishi mumkin

Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘onning safdoshi Feti Yildiz muxolifat yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘liga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Haberturk telekanali.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qilichdoro‘g‘liga nisbatan ish qo‘zg‘atishni talab qilgan 28 ta parlament so‘rovi konstitutsiyaviy qonunchilik komissiyasiga jo‘natilgan va ko‘rib chiqilishi kerak. 

Prokuratura ularni birlashtirib, Qilichdoro‘g‘liga nisbatan «haqorat qilish, nafrat va milliy adovat qo‘zg‘atish, shuningdek, terror tashkilotini targ‘ib qilish» ayblovlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Qilichdoro‘g‘li 28may kuni kechgan saylovlarning ikkinchi turida amaldagi prezidentga kichik farq bilan yutqazdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring