Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadada tornado tufayli uylar vayron bo‘ldi (video)

Kanadada tornado tufayli uylar vayron bo‘ldi (video)

Kanadada 1 iyul, shanba kuni Mauntin-Vyu okrugi hududidan o‘tgan kuchli tornadodan so‘ng o‘ndan ortiq uy shikastlandi, bir nechtasi butunlay vayron bo‘ldi. Bu haqda CBC telekanali xabar berdi.

«Beshta uy butunlay vayron bo‘ldi, ulardan birining yerto‘lasidan qutqaruvchilar ayolni olib chiqishdi», dedi yong‘in xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Jordan Shaffer.

Ko‘plab uylar shikastlangan bo‘lsa-da, qurbonlar yo‘q, deyiladi politsiya ma’lumotida. Biroq, chorva mollarining yo‘qolishi holatlari mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring