Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In Rossiyani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

Kim Chen In Rossiyani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

Kim Chen In Rossiyani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. 

KXDR yetakchisi Kim Chen In Rossiya rahbariyati tomonidan “Ukrainadagi vaziyatni hal qilish” bo‘yicha ko‘rilayotgan barcha choralarni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytdi.

Kim "Rossiya prezident Vladimir Putin boshchiligida g‘alabalar va farovonlikka erishishi"ga ishonch bildirdi. Bu haqda u tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda aytdi. 

“Suhbat ikki davlat rahbariyatining irodasini aniq ifoda etdi: har ikki davlat – KXDR va Rossiya Federatsiyasi xalqlar uchun cheksiz manfaatlar va porloq kelajak yaratish yo‘lida bir-biri bilan hamjihatlikda bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligi o‘z xabarida. 

 Lavrov va Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv 12 iyul kuni tushdan keyin bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, kecha Rossiya TIV rahbari KXDR TIV rahbari Choy Son Xi bilan uchrashdi. Bu ikki davlat tashqi ishlar vazirlari darajasidagi strategik muloqotning ikkinchi raundi bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz,  minglab KXDR harbiylari Ukraina bilan urushda qatnashmoqda. May oyida Vladimir Putin ham buni tasdiqlagandi. U Shimoliy Koreya armiyasining Kursk viloyati hududlarini qaytarib olishdagi ishtirokini alohida qayd etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya 10 ming askarini Kursk oblastiga yuborgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring