Kobul aeroportidan AQSh qo‘shinlari chekina boshladi
![Kobul aeroportidan AQSh qo‘shinlari chekina boshladi](http://static.xabar.uz/crop/3/6/720_460_95_3644476814.jpg)
AQSh harbiylari Kobul aeroportini tark eta boshladi. Bu haqda bugun, 28-avgust kuni Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi ma’lum qildi.
«Biz (AQSh harbiylari) chekinishni boshladik», – dedi Kirbi.
Xabarlarga ko‘ra, hozirda Kobul aeroportida 4 mingdan kamroq amerikalik harbiy xizmatchilar bor.
Eslatib o‘tamiz, Kobul xalqaro aeroporti yaqinidagi portlashlarda AQSh harbiylari ham vafot etishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter