Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir kunda 3 ta portlash, ISHIDning qaytishi va boshqa xabarlar xronikasi

Bir kunda 3 ta portlash, ISHIDning qaytishi va boshqa xabarlar xronikasi

Bugun Kobul xalqaro aeroporti yaqinida 3 ta portlash yuz bergan. Quyida ana shu portlashlar haqidagi xabarlar xronikasi bilan tanishishingiz mumkin.



00:07. Pentagon Kobuldagi portlashlar bo‘yicha brifing o‘tkazmoqda va teraktlarni ISHID amalga oshirganini rasman eʼlon qildi.

00:04. Pentagonning rasman maʼlum qilishicha, portlashlarda 12 ta amerikalik askar halok bo‘lgan, 15 tasi yaralangan.

23:59. Portlash oqibatida halok bo‘lganlar orasida yosh bolalar (taxminan 20-30 ta) borligi aytilmoqda.

23:47. Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas keyingi hafta O‘zbekistonga keladi. Muhokama mavzusi Afg‘onistondagi vaziyat.

23:39. Vengriya ham Afg‘onistondan fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlarini yakunladi.

23:32. Kobuldagi teraktlarda qurbon bo‘lgan AQSH askarlari soni 11 taga yetdi, ularning orasida harbiy shifokor ham bor.

23:24. AQSH qo‘shinlari to‘liq chiqib ketgach, xohlovchilar Afg‘onistonni bemalol tark etishlari mumkin, demoqda tolibonlar.

23:19. Bugungi portlashlar sababli tolibonlar AQSH qo‘shinlarining mamlakatdan chiqib ketish muddatini uzaytirmaydi.

23:14. Kobulning tolibonlar nazorati ostidagi hududlarida vaziyat barqaror, demoqda harakat vakillari.

23:10. Portlashlar oqibatida halok bo‘lgan amerikalik askarlar soni 10 taga yetdi.

23:08. Kobul aeroporti yaqinida uchinchi portlash yuz berdi, demoqda RIA.

23:05. Portlashlar oqibatida 60 kishi halok bo‘lgan, 150 nafardan ortiq odam jarohat olgan.

22:50. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish keyingi haftada Kobuldagi portlashlar bo‘yicha BMT xavfsizlik kengashining 5 ta doimiy vakili ishtirokida yig‘ilish o‘tkazadi.

22:40. Germaniyaning so‘nggi samolyoti Afg‘onistonni tark etdi, demoqda nemis tashqi ishlar vazirligi.

22:32. Kobuldagi portlashlar tinch aholiga qaratilmagan, shahardan xorijliklar chiqib ketishi bilan teraktlarga barham beriladi, dedi tolibonlar vakili.

22:22. AQSh prezidenti Jo Baydenning Isroil bosh vaziri bilan uchrashuvi Afg‘onistondagi vaziyat tufayli qoldirildi.

22:18. Tolibonlar shaharda yana teraktlar sodir bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

22:12. Tolibonlar portlashlarda IShID vakillari aybdor ekanini rasman e’lon qildi.

22:10. 2001 yil 11 sentyabr voqealarida Usoma bin Ladenning qo‘li yo‘q edi, demoqda tolibonlar vakili.

22:04. WSJ nashrining yozishicha, portlash oqibatida 4 nafar amerikalik dengiz piyoda askari halok bo‘lgan.

21:52. Kobuldagi portlashlardan so‘ng afg‘on xalqi ichida sarosima boshlangan, odamlar vahimaga tushib qolgan.

21:47. Tolibonlarning tasdiqlashicha, portlashlardan biri AQSh askarlari javobgar bo‘lgan hududda yuz bergan.

21:44. Tolibonlar Kobuldagi portlashlarni muhokama qilishni boshladi, demoqda ularning vakili.

21:41. Qozog‘iston Afg‘onistondan evakuatsiya qilinayotgan samolyotlarga qozoq aeroportlaridan yonilg‘i quyishga ruxsat berdi.

21:35. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning aytishicha, portlashdagi jabrlanganlar orasida hozircha BMT xodimlari yo‘q.

21:28. Amerika prezidenti Jo Bayden erta tongdanoq milliy xavfsizlik bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazgan.

21:22. AQShda respublikachilar Afg‘oniston poytaxtida sodir bo‘lgan portlashlarda prezident Jo Baydenni ayblamoqda: "qo‘llari qonga botgan".

21:18. Kobuldagi portlashlarda 40 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jarohatlangan, demoqda RIA.

21:08. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Afg‘onistondan bir necha yuz afg‘on fuqarosini evakuatsiya qilishga tayyorligini bildirdi. 

20:55. NATO rahbari portlashlarga qaramay, evakuatsiya ishlarini to‘xtatmaslikka chaqirdi.

20:39. "Tolibon" harakati vakillari hozircha har ikkala portlash haqida rasmiy izoh berganicha yo‘q.

20:34. Har ikkala portlash ortida IShIDning Xuroson filiali terrorchilari turgani aytilmoqda Telegraph nashrining o‘sha yerdagi muxbiri tomonidan.

20:27. Voqealar yanada oydinlashmoqda. Demak, birinchi portlashda xudkush terrorchi "Baron" mehmonxonasi oldigacha borgan va keyin o‘zini portlatgan.

Ikkinchi portlashga esa Kobul aeroporti darvozasi yoniga qo‘yilgan mashinaga o‘rnatilgan bomba sabab bo‘lgan.

20:20. Kobuldagi ikkinchi portlash avtomobil portlashi ortidan yuz bergan.

20:15. Kobuldagi portlashning birinchisi quyidagi suratda aylana bilan belgilangan hududda yuz bergan, ikkinchisi "Baron" mehmonxonasi yaqinida.

20:09. Fransiya ertagacha hammani ko‘chirib bo‘lishi kerak. Afg‘onistonni oxirgi bo‘lib elchi va uning hamkasblari tark etadi.

20:05. Bu orada Qozog‘istonning Taraz shahrida ham yaxshigina portlash yuz berdi. Aytilishicha, harbiy qismdagi omborlardan birida chiqqan yong‘in portlashga sabab bo‘lgan.

20:02. Britaniya bosh vaziri Boris Jonson favqulodda yig‘ilish chaqirdi. Unda yana Afg‘onistondagi vaziyat asosiy masala bo‘ladi.

19:59. Kobul aeroportida evakuatsiya ishlari davom etmoqda.

19:55. Kobuldagi portlashlarni IShID terrorchilari amalga oshirgan, demoqda Politico nashri.

19:52. Al Jazeera telekanali portlash natijasida 50 dan ortiq odam yaralanganini aytmoqda.

19:50. Kobuldagi shifoxonalardan biriga 10 kishining jasadi va 15 dan ortiq yaralanganlar olib kelingan, demoqda RIA.

19:47. Amerikaning Kobuldagi elchixonasi fuqarolarga aeroportga yaqinlashmaslikni, yaqinlashganlarga tezroq ketishni aytmoqda.

19:45. Turk harbiylari ikkinchi portlashni tasdiqladi. Fox telekanali xabariga ko‘ra, ikkinchisi amerikaliklar joylashgan mehmonxona yonida sodir bo‘lgan.

19:44. Aeroport yaqinida ikkinchi portlash yuz bergani aytilmoqda.

19:40. Portlash oqibatida amerikalik askarlar ham halok bo‘lgani aytilmoqda.

19:36. Al Jazeera telekanalining aytishicha, portlashda kamida 15 kishi qurbon bo‘lgan.

19:31. Kobuldagi portlash britaniyaliklar joylashgan Baron mehmonxonasi yonida sodir bo‘lgan, demoqda WSJ.

19:24. Portlash oqibatilari quyidagi suratda

19:12. Portlashni xudkush-terrorchi amalga oshirgani aniqlandi.

19:02. Mahalliy vaqt bilan 18:15 larda Kobul aeroporti yaqinida kuchli portlash yuz berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring