Kongoda «Ebola» virusiga chalinganlar soni 80 kishiga yetdi
Kongo Demokratik Respublikasida «Ebola» virusiga chalingan kishilar soni 80 kishiga yetdi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi. Bu haqda Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy vakili Kristian Lindmayer ham xabar bergan.
«Shu yil 26 avgust holatiga ko‘ra, «Ebola» virusini yuqtirganlikda gumon qilingan 111 kishi ro‘yxatga olingan. Ulardan 83 nafarining virusni yuqtirgani tasdiqlandi. Bundan tashqari, virus 75 kishining umriga zomin bo‘lgan», – degan Kristian Lindmayer.
YuNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, virusni yuqtirganlarning 24 foizi bolalardir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter